Asbob-uskunalar arendasi
Uydagi bir martalik mayda yumushlar uchun qimmatbaho asboblarni sotib olish shart emas. Drel, perforator, narvon va boshqa uskunalar ijarasi xizmatini tayyorlamoqdamiz.
Xizmat tarkibiga nimalar kiradi?
Qurilish asboblari ijarasi
Drel, perforator, bolgarka, otvertkalar to'plami va boshqa zarur qurilish asboblari ijarasi.
Uy-ro'zg'or jihozlari
Narvonlar, changyutkichlar va boshqa bir martalik ishlatiladigan maishiy uskunalar ijarasi.
Uyingizgacha yetkazib berish
Siz buyurtma qilgan asbob va uskunalarni Toshkent bo'ylab to'g'ridan-to'g'ri eshigingiz tagigacha olib borib beramiz.
Xavfsizlik va yo'riqnoma
Har bir asbob soz holatda topshiriladi va undan xavfsiz foydalanish bo'yicha to'liq yo'riqnoma taqdim etiladi.
Jarayon qanday kechadi?
Asbobni tanlang
Sizga kerak bo'lgan asbob-uskunalarni va ularni ijaraga olish muddatini belgilab so'rov qoldiring.
Narx va yetkazib berish
Ijara muddati bo'yicha narxni kelishamiz va asbobni uyingizga yetkazish vaqtini belgilaymiz.
Qabul qilish va foydalanish
Asbobni ishchi holatda qabul qilib olasiz va ishingizni bitirgach, biz uni olib ketamiz.
